• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 1-chorak muvaffaqiyatli yakunlandi

01 Mart 2022, 9:7 1578

Ko‘p ming sonli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi yilning 1-choragini sarhisob qildi.

OKMKda boshqaruvning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi va texnologik ishlab chiqarish rejimiga qat'iy amal qilinishi natijasida 2022-yilning 1-choragida barcha ishlab chiqarish bashorat ko‘rsatkichlari bajarilishiga erishildi.

Jumladan, hisobot davrida 7,6 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Reja 119,4%ga uddalandi.

Shuningdek, 921,6 mln so‘mlik xalq iste'moli mollari ishlab chiqarilib, reja 108,1%ga bajarildi.

Mis rudasi qazib olish bo‘yicha reja 101,8%ga bajarildi.

Mis katodi ishlab chiqarish va o‘sish sur'atida  ham 100%lik natija qayd etilgan.

Mahalliy ashyodan rux metali ishlab chiqarish bo‘yicha reja esa 101,7%ga bajarilib, 123,5%lik o‘sish sur'ati ta'minlangan.

Polimetall ruda qazib olish vazifasi va o‘sish sur'atida ham bir xil 100%lik natija kuzatilmoqda.

Polimetall rudani qayta ishlash rejasi esa 102,8%ga uddalanib, 102,3%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan.

Oltin tarkibli ruda qazib olish rejasi 103,1%, o‘sish sur'ati 101,2% bo‘lgan.

Ushbu rudalarni qayta ishlash vazifasi 103%ga bajarilib, 101,1%lik o‘sish sur'atiga erishilgan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech