• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 1-chorak yakunlari samarali

04 Aprel 2024, 9:41 1041

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan joriy yilning 1-choragida barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishiga erishildi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan joriy yilning 1-choragida barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishiga erishildi.

Jumladan, 1-chorakda 7 833 379 096 000 so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, prognoz 118,8%ga bajarilishi ta'minlandi.

Shuningdek, 1 713 487 000  so‘mlik xalq iste'moli mollari ishlab chiqarilgan.

Qalmoqqir kon boshqarmasi tomonidan ma'dan qazib olish prognozida +110,6%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan. Ustki qatlam prognozida esa +138,8%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.

Mis xom-ashyosini qayta ishlash prognozi  bo‘yicha o‘sish sur'ati +105,8%ga yetkazilgan. Ushbu yo‘nalishda 2-Mis boyitish fabrikasi tomonidan prognoz 101,2%ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.

Konsentratda mis prognozi bo‘yicha esa +102,1%lik o‘sish sur'atiga erishilgan.

Mis katodi ishlab chiqarish va o‘z xom-ashyomizdan ushbu mahsulot ishlab chiqarish prognozlarining ham bajarilishi ta'minlangan.

Shuningdek, o‘z xom-ashyomizdan rux metallini tayyorlash bo‘yicha prognoz 125,9%ga bajarilgan.

Sul'fat kislotasini tayyorlash prognozi bo‘yicha +104,3%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan.

Surxondaryo viloyatida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan ham barcha ishlab chiqarish prognozlarining bajarilishi ta'minlanganini alohida ta'kidlash joiz.

Jumladan, polimetall ma'danlarni qazib olish(102,1%), ularni qayta ishlash(100,6%), konsentratda rux metalli(108,1%) bo‘yicha prognozlar oshig‘i bilan bajarilgan.

Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi, Kovuldi koni kabi mehnat jamoalari ham barcha ishlab chiqarish prognozlarini bajarishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shuningdek, mis kuporosi, emallangan mis simlar, texnik selen va tellur, perranat ammoniy, palladiy kukuni, molibden 3 oksidi kabi mahsulotlarning ishlab chiqarish prognozlari ham bajarilishiga erishilgan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech