"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2025-yilning 1-choragida barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishiga erishildi.
Jumladan, 1-chorak bo‘yicha 8 029 174 159 000 so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarish belgilangan bo‘lib, amalda 9 149 064 759 000 so‘mlik tovar mahsulotlari tayyorlandi. Prognoz esa 113,9%ga bajarildi.
Shuningdek, prognoz bo‘yicha 1 728 594 000 so‘mlik xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish belgilangandi, amalda esa 2 323 706 000 so‘mlik xalq iste'moli mollari tayyorlanib, reja 134,4%ga ado etilgan.
Bundan tashqari, konsentratda mis metalli bo‘yicha prognoz 105,5%ga bajarildi. Ushbu yo‘nalishda Mis boyitish fabrikasi(103,9%) va 2-Mis boyitish fabrikasi(118,2%) kabi korxonalar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni oshig‘i bilan ado etishdi.
OKMKning asosiy mahsuloti bo‘lgan mis katodi ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz 101,4%ga bajarilib, o‘sish sur'ati 101,7% bo‘lgan.
O‘z xom ashyomizdan mis katodi ishlab chiqarish vazifasi 118,4%ga, rux ishlab chiqarish rejasi esa 102,7%ga bajarildi.
Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi polimetall ma'danlarni qazib olish(100%), uni qayta ishlash(100,3%), konsentratda rux(100,8%) kabi mahsulotlar ishlab chiqarish prognozlarini bajarishga muvaffaq bo‘lishdi.
Oltin tarkibli ma'danlari qazib olish, qayta ishlash hamda konsentratda 1- va 2-metall kabi rejalarning bajarilishida Angren va Chodak kon boshqarmalari hamda Kovuldi koni kabi tarkibiy bo‘linmalarni alohida ta'kidlash joiz.
1-chorakda shuningdek, mis kuporosi(100%), emallangan mis simlar(100%), texnik selen va tellur(100%), perrenat ammoniy(100,9%), palladiy kukuni(102,5%) kabi mahsulotlar ishlab chiqarish prognozlari ham bajarildi.
Axborot xizmati