• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 1-yarim yillik rejalari yorug‘ yuz bilan bajarildi

05 Iyul 2023, 14:42 2589

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 1-yarim yillik natijalari bo‘yicha barcha ishlab chiqarish rejalari bajarilishiga erishildi.

Jumladan, 15 079 533 260 ming so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, reja 103,9%ga bajarildi.

Ruda qazib olish vazifasi 100%ga, konsentratda mis metalli rejasi 105,2%ga ado etilgan. Konsentratda mis metalli rejasining bajarilishida Mis boyitish fabrikasi va 2-Mis boyitish fabrikasi kabi mehnat jamoalarida yuqori samaradorlik kuzatilgan.

Mis xom ashyosini qaytash ishlash bo‘yicha 104,7%lik o‘sish sur'atiga erishilgan.

O‘z xom ashyomizdan rux metalli ishlab chiqarish rejasi esa 102%ga bajarilgan.

Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan polimetall rudalarni qazib olish(104,4%) va uni qayta ishlash(104,6%) hamda rux konsentratida rux metalli rejasi ortig‘i bilan bajarilgan.

Shuningdek, Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi, Kovuldi koni kabi mehnat jamoalari tomonidan oltin tarkibli rudani qazib olish va uni qayta ishlash, konsentrada oltin va kumush metalli rejalarining bajarilishi ta'minlangan.

Bundan tashqari, mis kuporosi, emallangan mis sim, texnik selen va tellur, perranat ammoniy, palladdiy kukuni, molibden 3 oksidi kabi mahsulotlarning ishlab chiqarish rejalarini ham bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech