• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 1-yarim yillikda 283,3 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi

04 Iyul 2024, 8:25 789

2024-yilning 1-yarim yilligida Olmaliq kon-metallurigya kombinati tomonidan mahsulotlar eksporti bo‘yicha belgilangan barcha prognozlar bajarlishiga erishildi.

Jumladan, joriy yilning olti oyi davomida eksport prognozi 106,7 %ga bajarilib, 283 372 000 dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan.

Shuningdek, 23760 tonna mis mahsulotlari, 12702 tonna rux mahsulotlari, 370 tonna molibden mahsulotlari, 9347 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati xorijiy iste'molchilarga jo‘natilib, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ham prognozlar bajarilgan.

Bundan tashqari, reniy, kadmiymis kuporosi, palladiy kukuni kabi mahsulotlar eksportida ham prognozlar bajarilishi ta'minlangan.

Ma'lumot uchun: Bugungi kunda mamlakatimizda xom ashyodan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yurtimizda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish jadal rivojlanishi oqibatida ichki bozorda misga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Shuningdek, kombinatda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech