• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 10 oylik ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari salmoqli

02 Noyabr 2022, 14:54 630

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2022-yilning o‘tgan 10 oyi davomida yuqori mehnat marralari zabt etilganini alohida e'tirof etish lozim. Bu gal ham belgilangan vazifalar ortig‘i bilan uddalanib, salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi.

OKMK Ijro apparati Ishlab chiqarish va xarajatlarni monitoringi boshqarmasi taqdim etgan ma'lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-oktyabr holatiga tovar mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 110,1% ga bajarilgan.

Qalmoqqir konida ruda qazib olishda 100,2% lik natijani qayd etilgan.

Mis xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha esa rejasida+97,9%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.

Konsentratda mis rejasi bo‘yicha 2-MBF reja ko‘rsatkichlarini 112,9%ga amalga oshirdi.

Mis katodi ishlab chiqarish bo‘yicha ham barcha bashorat ko‘rsatkichlari ado etilgan. Bu yo‘nalishda reja 100,0%ga ado etilib, +99,8%lik o‘sish sur'ati kuzatilmoqda.

O‘zimizning xom ashyodan mis katodi ishlab chiqarish bo‘yicha oktyabr oyi rejasi 104,9%ga uddalanib, +99,6%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan.

Rux metalini ishlab chiqarish borasida reja ko‘rsatkichlari 101,8%ni tashkil qilgan bo‘lsa, +102,8% lik o‘sish sur'atiga erishilgan. O‘z xom ashyomizdan rux metali ishlab chiqarish bo‘yicha esa rejaviy vazifa 105,7%ga bajarilib, +130,8%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.

Sulfat kislotasi ishlab chiqarish rejasi esa 105,5%ga ado etilgan. O‘sish sur'ati esa +105,0% bo‘lgan. Mis eritish zavodida sul'fat kislota ishlab chiqarish bo‘yicha reja 104,7% (o‘sish sur'ati +104,4%)ga bajarilgan. Rux zavodida esa bu yo‘nalishda reja 111,0%ga bajarilib, +106,7%lik o‘sish sur'atiga erishilgan.

Mis kuporosi ishlab chiqarish rejasi 100,0%ga bajarilib, o‘sish sur'ati +99,1% bo‘lgan.

Emallangan mis simlar tayyorlash bo‘yicha ham rejaviy vazifa 100,0% ga bajarilgan va o‘sish sur'ati 100,5%ga yetkazilgan.

Texnik selen va texnik tellur bo‘yicha rejaviy ko‘rsatkchilar 100% ga, perennat ammoniy bo‘yicha esa reja 134,0%ga, Palladiy kukuni bo‘yicha 241,4%ga, molibden 3 oksidi bo‘yicha esa 114,8%lik reja ko‘rsatkichlari qayd etilgan.

Mis quvurlari ishlab chiqarish rejasida +90,1%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.

Kombinat tarkibidagi yer osti konlari mehnat jamoalari ham belgilangan vazifalarni bajarishganini quyidagi raqamlarda ko‘rishimiz mumkin.

“Xondiza” KB da Polimetall rudani qazib olish bo‘yicha – 101,5%, +o‘sish sur'ati – 100,3%.

Polimetall rudani qayta ishlash – 102,9%, o‘sish sur'ati – +102,3%.

Rux konsentratida rux miqdori – 114,8%, o‘sish sur'ati – +97,9%.

Angren kon boshqarmasi

Oltin tarkibli rudani qazib olish – 104,7%. O‘sish sur'ati – +98,6%.

Rudani qayta ishlash – 104,3%. O‘sish sur'ati – +99,2%.

Konsentratda birinchi metall – 106,5%. O‘sish sur'ati +99,8%.

Konsentratda ikkinchi metall – 134,9%. O‘sish sur'ati +95,0%.

Chodak kon boshqarmasi

Oltin tarkibli rudani qazib olish – 102,2%. O‘sish sur'ati – +100,0%.

Rudani qayta ishlash – 102,2%. O‘sish sur'ati – +96,3%.

Kontsentratda birinchi metall – 104,9%.

Konsentratda ikkinchi metall – 136,9%.

Kovuldi koni

Oltin tarkibli rudani qazib olish – 101,9%. O‘sish sur'ati – +118,6%.

Rudani qayta ishlash – 103,1%. O‘sish sur'ati – +127,9%

Konsentratda birinchi metall – 105,5%.

Konsentratda ikkinchi metall esa – 106,6% ga oshirib bajarilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech