Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-332022-yilning o‘tgan 11 oyi yakunlari bo‘yicha Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan barcha ishlab chiqarish vazifalari oshig‘i bilan bajarildi.
Jumladan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish rejasi 108,5%ga uddalangan.
Qalmoqqir konida ruda qazib olish vazifasi 100%ga bajarilib, ustki qatlam rejasida +97,9%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan.
Mis xom ashyosini qayta ishlash rejasida o‘sish sur'ati +97,7% bo‘lgan. Konsentratda mis metali vazifasida +95,3%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.
Mis katodi ishlab chiqarish rejasi 100%ga bajarilib, o‘z xom ashyomizdan mis katodi ishlab chiqarishda +99,7%lik o‘sish sur'atiga erishilgan.
Rux metalli ishlab chiqarish vazifasi 100,4%ga ado etilganini alohida ta'kidlash joiz. O‘z xom ashyomizdan rux metallini tayyorlash rejasida ham 105,2%lik natijaga erishilib, 130,4%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan.
Sulfat kislotasi ishlab chiqarish rejasi 104,8%ga bajarilib, o‘sish sur'ati +103,8% bo‘lgan.
Mis kuporosi, emallangan mis simlar, texnik tellur va selen ishlab chiqarishda 100%lik natijaga erishilgan.
Perranat ammoniy ishlab chiqarish rejasi 134,4%ga, Palladiy kukuni ishlab chiqarish vazifasi 206,2%ga, molibden 3 oksidi tayyorlash rejasi 116%ga uddalangan.
Bundan tashqari, Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi va Kovuldi koni kabi mehnat jamoalari oltin tarkibli rudani qazib olish va uni qayta ishlash, konsentratda 1- va 2- metall tayyorlash vazifalarini ham oshig‘i bilan bajarishganini alohida e'tirof etish joiz.
Shuningdek, Surxon vohasida faoliyat yuritib kelayotgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi ham polimetalla rudalarni qazib olish va qayta ishlash, konsentratda rux metalli kabi rejalarni oshig‘i bilan ado etishgan.
OKMK Axborot xizmati