• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 11 oylik ishlab chiqarish natijalari

10 Dekabr 2024, 10:11 303

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan joriy yilning 11 oyida barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarildi.

Jumladan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi 114,5%ga bajarildi.

Ruda qazib olish prognozida o‘sish sur'ati +105,5%ni tashkil etgan.

Mis xom ashyosini qayta ishlash prognozi bo‘yicha o‘sish sur'ati +101,9% bo‘lgan. Ushbu yo‘nalishda Mis boyitish fabrikasi(100%) va 2-Mis boyitish fabrikasi(103,8%) o‘zlariga yuklatilgan vazifani bajarishdi.

Shuningdek, konsentratda mis metalli prognozini bajarilishida ham Mis boyitish fabrikasi(104,4%) samarali natija qayd etdi.

O‘z xom ashyomizdan mis katodi ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz 105,9%ga bajarilishi ta'minlangan.

O‘z xom ashyomizdan rux ishlab chiqarish vazifasi 118,1%ga ado etilgan.

Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi polimetall rudalarni qazib olish(100,6%), uni qayta ishlash(100,5%) rux konsentratida rux(107,3%) ishlab chiqarish prognozlarini oshig‘i bilan bajarishdi.

Bundan tashqari, Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi va Kovuldi kon mehnat jamoalari ham o‘zlariga yuklatilgan vazifalarin yorug‘ yuz bilan ado etishdi. Ushbu tarkibiy bo‘linmalar oltin tarkiblik rudalarni qazib olish va qayta ishlash, konsentratda 1- va 2-metal prognozlarini bajarishdi.

Shuningdek, mis kuporosi, emallangan mis simlar, texnik selen va tellur, palladiy kukuni kabi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ham prognozlar bajarilgan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech