• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 11 oylik prognozlari bajarildi

06 Dekabr 2023, 9:56 717

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2023-yil 11 oy natijalariga ko‘ra, barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishiga erishildi.

Jumladan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish rejasi 105%ga bajarilgan.

Qalmoqqir konida ruda qazib olish rejasi 102%ga ado etilgan holda, o‘sish sur'ati +105,5%ni tashkil etdi.

Mis xom ashyosini qayta ishlash vazifasi bo‘yicha +107,2%lik o‘sish sur'ati  qayd etilib, reja 100,7%ga bajarilgan. Ushbu yo‘nalishda Mis boyitish fabrikasi(100,3%) hamda 2-Mis boyitish fabrikasi(104,2%) kabi tarkibiy bo‘linmalari o‘zlariga yuklatilgan vazifani yorug‘ yuz bilan ado etishgan.

Shuningdek, konsentratda mis metalli bo‘yicha rejaviy vazifa 106,7%ga bajarilib, o‘sish sur'ati 109,2% bo‘lgan.

Bu yo‘nalishda ham Mis boyitish fabrikasi(103,7%) va 2-Mis boyitish fabrikasi(128,2%) belgilangan rejalarni bajarishgan.

O‘z xom ashyomizdan mis katodi(100,1%) va rux metalli(101,3%) ishlab chiqarish bo‘yicha ham prognozlar bajarilishiga erishilgan.

Bundan tashqari, mis kuporosi(100%), emallangan mis simlar(100%), texnik selen va tellur(100%), ammoniy perrenati(101,4%), palladiy kukuni(119,2%), molibden 3 oksidi(110,3%) kabi mahsulotlar ishlab chiqarish prognozlari ham oshig‘i bilan bajarilgan.

Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan polimetall rudalarni qazib olish(104,9%), qayta ishlash(104,3%), rux konsentratida rux(104,2%) kabi rejaviy vazifalar oshig‘i bilan bajarilgan.

Shuningdek, Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi, Kovuldi koni kabi tarkibiy bo‘linmalar ham oltin tarkibli rudani qazib olish va uni qayta ishlash, konsentratda 1-metall, 2- metall prognozlarini bajarishganini alohida ta'kidlash joiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech