• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 2 oyda ishlab chiqarish prognozlari bajarilishi ta'minlandi

12 Mart 2024, 8:10 1004

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2024 yilning 2 oyi davomida barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishi ta'minlandi.

Jumladan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi 120,3%ga bajarilgan.

Qalmoqqir konidan ruda qazib olish prognozi esa 100% bajarilishi ta'minlanib, o‘sish sur'ati +120% bo‘lgan.

Mis xom ashyosini qayta ishlash prognozi bo‘yicha 108,9%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan. Ushbu yo‘nalishda 2-Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasi tomonidan 107,5%lik natija qayd etilgan.

Mis katodi hamda o‘z xom ashyomizda mis katodi ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz 100%ga bajarilgan.

O‘z xom ashyomizdan rux metalli ishlab chiqarish vazifasi 104,2%ga bajarilib, rux metalli tayyorlanishida +100,4%lik o‘sish sur'atiga erishilgan.

Sulfat kislotasi ishlab chiqarish bo‘yicha +109,5%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan. Ushbu yo‘nalishda Mis eritish zavodi mehnat jamoasi prognozni 100,2%ga bajargan.

Shuningdek, Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan polimetall rudalarni qazib olish(103,1%), uni qayta ishlash(100,8%), rux konsentratida rux metalli(109,5%) prognozlari oshig‘i bilan bajarilgan.

Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi, Kovuldi koni kabi mehnat jamoalari ham o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarilishini ta'minlashgan.

Mis kuporosi, emallangan mis simlar, texnik selen va tellur, perrenat ammoniy, palladiy kukuni, molibden 3 oksidi kabi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ham prognozlar bajarilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech