• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda ishlab chiqarish vazifalari oshig‘i bilan bajarildi

02 May 2023, 9:44 1532

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2023-yilning o‘tgan 4 oyi davomida barcha ishlab chiqarish vazifalari bajarildi.

Jumladan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish rejasi 104,1%ga bajarildi.

Aprel oyida Qalmoqqir konidan ruda qazib olish vazifasi 104,4%ga, mis xom ashyosini qayta ishlash rejasi esa 103,7%ga uddalangan. Mis boyitish fabrikasi bo‘yicha mis xom ashyosini qayta ishlash vazifasi aprel oyida 103,7%ga, 2-MBFda esa 104%ga bajarilgan.

Shuningdek, 2023-yil yanvar-aprel holatiga konsentratda mis rejasi 103,2%ga bajarilgan. 2-MBFda bu yo‘nalishda reja 131,4%ga bajarilganini alohida ta'kidlash lozim.

Mis katodi ishlab chiqarish vazifasi aprel oyida 100,8%ga, o‘z xom ashyomizdan mis katodi olish rejasi esa 102,4%ga ado etilgan.

Rux metalli ishlab chiqarish bo‘yicha ham aprel oyida 100%lik natija qayd etilgan.

Sulfat kislotasi tayyorlash vazifasi esa o‘tgan oyda 100,6%ga bajarilib, Mis eritish zavodi va Rux zavodi mehnat jamoalarida ham ushbu yo‘nalishda rejalar bajarilishi ta'minlangan.

O‘tgan 4 oyda Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan polimetall rudalarni qazib olish(103,6%) uni qayta ishlash(105,5%), rux konsentratida rux (101,3%) kabi rejalar ham bajarilganini alohida qayd etish zarur.

Oltin tarkibli rudani qazib olish va uni qayta ishlash, konsentratda 1- va 2- metall rejalarining bajarilishida Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi, Kovuldi koni kabi mehnat jamoalari alohida e'tirofga loyiq. Ushbu mehnat jamoalari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni oshig‘i bilan bajarishgan.

Bundan tashqari, kombinat mehnat jamoasi tomonidan mis kuporosi(100%), emallangan mis simlar(100%), texnik tellur va selen(100%), perranat ammoniy(103,3%), palladiy kukuni(101,2%), molibden 3 oksidi(107,6%) kabi mahsulotlar ishlab chiqarish rejasining bajarilishi ham ta'minlangan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech