"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 5 oyi davomida barcha ishlab chiqarish prognozlarini bajarishga erishgan Olmaliq kon-metallurigya kombinati eksport prognoz koʻrsatkichlari boʻyicha ham yaxshi natijalarni qayd etdi.
Xususan, 2024 yilning yanvar-may holati boʻyicha 232 471 000 dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 107%ga bajarildi.
Mahsulotlar kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, 5 oyda 20 069 tonna mis mahsulotlari, 11 211 tonna rux mahsulotlari, 310 tonna molibden mahsulotlari, 8 386 tonna qoʻrgʻoshin konsentrati xorijiy iste’molchilarga joʻnatilgan.
Shuningdek, reniy, kadmiy, mis kuporosi, paladdiy kukuni kabi mahsulotlar eksportida ham prognozlar bajarilishi ta’minlangan.
Aytish joizki kombinat mahsulotlari 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. Yildan yil mahsulotlar eksport geografiyasi kengaymoqda. Jumladan, 2023 yilda mis katankasi va mis kuporosi eksportida yangi bozorlar – Amerika Qo’shma Shtatlari, Meksika va Finlyandiya kabi davlatlar o’zlashtirildi.
Ma`lumot uchun: Bugungi kunda mamlakatimizda xom ashyodan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Yurtimizda qo’shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish jadal rivojlanishi oqibatida ichki bozorda misga bo’lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Shuningdek, kombinatda qo’shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga katta e`tibor qaratilmoqda.
Axborot xizmati