• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 5 oylik ishlab chiqarish natijalari yuqori

05 Iyun 2023, 17:47 2438

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2023 yilning 5 oyi davomida barcha ishlab chiqarish vazifalari bajarilishi ta’minlandi.

Jumladan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha reja 104,7%ga bajarildi.

Qalmoqqir konidan ruda qazib olish rejasining bajarilishida 102,6%lik oʻsish sur’atiga erishildi.

May oyida mis xom ashyosini qayta ishlash vazifasi 100,9%ga bajarilib, oʻsish sur’ati 104,5%ni tashkil etdi.

 Ushbu yoʻnalishda 5 oylik natijalariga koʻra, 2-Mis boyitish fabrikasining  103,3%lik natija qayd etganini alohida qayd etish zarur.

Konsentratda mis metalli rejasi boʻyicha 104%lik natijaga erishildi. Shu yoʻnalishda MBFda reja 100,1%ga, 2-MBFda 131,9%ga bajarildi.

Mis katodi ishlab chiqarish rejasi may oyida 100%ga, rux metali ishlab chiqarish vazifasi esa 109,9%ga uddalandi.

Shuningdek, Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi polimetal rudalarni qazib olish(104,1%), ularni qayta ishlash(105,5%), rux konsentratida rux metalli(101%) kabi  vazifalarni oshigʻi bilan ado etishdi.

Bundan tashqari, Angren kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan oltin tarkibli rudani qazib olish(103%), qayta ishlash(103,9%), konsentratda 1-metall(103%), 2-metall(125,7%) kabi rejalar bajarildi.

Namangan viloyatida joylashgan Chodak kon boshqarmasi mehnat jamoasi ham oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni yorugʻ yuz bilan ado etishdi. Xususan, oltin tarkibli rudani qazib olish rejasi 102,4%ga,  uni qayta ishlash rejasi 100,6%ga,  konsentratda 1-metall rejasi 100,6%ga, 2-metall rejasi 168,1%ga uddalandi.

Kovuldi koni mehnat jamoasi ham shu yoʻnalishdagi barcha rejalarni bajarishdi. Ular tomonidan oltin tarkibli rudani qazib olish vazifasi 107,2%ga,  qayta ishlash rejasi 110,1%ga,  konsentratda 1-metall rejasi 114,3%ga, 2-metall rejasi esa 114,9%ga bajarildi.

Mis kuporosi, Emallangan mis simlar ishlab chiqarish, texnik selen, texnik tellur kabi mahsulotlar tayyorlash rejasining bajarilishi 100%ga ta’minlandi.

Perranat ammoniy (102,7%), palladiy kukuni (101,2%) molibden 3 oksidi (108,6%) kabi mahsulotlarning ishlab chiqarilishida vazifalar oshigʻi bilan bajarilgan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech