• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 7 oyda 354,6 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi

06 Avgust 2024, 10:7 835

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti borasida ham o‘tgan 7 oyda prognozlar bajarildi.

Jumladan, 354 682 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, prognoz 113,6%ga bajarilishi ta'minlandi.

Mahsulotlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, 29 759 tonna mis mahsulotlari, 15 157 tonna rux mahsulotlari xorijlik importyorlarga yuborilgan.

Shuningdek, rux kuporosi, mis kuporosi, reniy, kadmiy, palladiy kukuni, molibden mahsulotlari, qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlarning eksportida belgilangan prognozlar bajarilishiga erishilgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda xom ashyodan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yurtimizda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish jadal rivojlanishi oqibatida ichki bozorda misga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Shuningdek, kombinatda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ham katta e'tibor qaratilmoqda.

Ma'lumot uchun: Yildan yilga eksport geografiyasi kengayib bormoqda. Hozirda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda. 2024-yilda yangi bozorlar o‘zlashtirildi. Jumladan, joriy yildan boshlab Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Marokash, Portugaliya kabi davlatlarga mis katankasi va mis kuporosi eksporti amalga oshirilayapti.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech