• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 8 oyda 425,5 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi

06 Sentyabr 2024, 10:4 1398

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti borasida o‘tgan 8 oyda prognozlar bajarildi.

Jumladan, yanvar-avgust holatiga 425 570 000 dollarlik mahsulotlar eksport qilinib, prognoz 118,8% ga bajarildi.

Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak, mis mahsulotlari eksportida prognoz 140,9% ga bajarilgan. Xorijlik importyorlarga 36 219 tonna mis mahsulotlari yuborilgan.

Shuningdek, xorijga 18 337 tonna rux mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, 8 121 tonna mis kuporosi eksporti amalga oshirilib, prognoz 150,4% ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.

Reniy, kadmiy, palladiy kukuni kabi mahsulotlarning eksportida ham belgilangan prognozlar bajarilishiga erishilgan.

Xorijlik iste'molchilarga 520 tonna molibden mahsulotlari yuborilib, prognoz 108,3% ga bajarilgan.

Shuningdek, qo‘rg‘oshin konsentrati eskporti prognozi 109,8% ga ado etilib, 11 302 tonna ushbu mahsulot importyorlarga yetkazib berilgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda xom ashyodan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yurtimizda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish jadal rivojlanishi oqibatida ichki bozorda misga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Shuningdek, kombinatda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ham katta e'tibor qaratilmoqda.

Ma'lumot uchun: Yildan yilga OKMK eksport geografiyasi kengayib bormoqda. Hozirda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda. 2024-yilda yangi bozorlar o‘zlashtirildi. Jumladan, joriy yildan boshlab Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Marokash, Portugaliya kabi davlatlarga mis katankasi va mis kuporosi eksporti amalga oshirilayapti.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech