Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-332022 yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 698 877 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirildi. Rejaviy vazifa esa 128,8%ga bajarildi.
Kombinatning asosiy ishlab chiqaradigan mahsuloti bo‘lgan mis mahsulotlari eksportida 53906 tonnalik natija qayd etilgan holda, reja 114,7%ga uddalangan.
Shuningdek, 50325 tonna mis katodi, 280 tonna mis katankasi, 3301 tonna mis quvurlari eksport qilingan.
Bundan tashqari, 42183 tonna rux mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.
259 tonna kadmiy metalli xaridorlarga sotilgan bo‘lib, reja 117,5%ga bajarilgan.
6318 tonna mis kuporosi xorijga yuborilib, reja 123,2%ga bajarilgan. 556 tonna molibden mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, reja 146,4%ga uddalangan.
Qo‘rg‘oshin konsentrati eksportida reja 118,5%ga bajarilib,18011 tonna ushbu mahsulot xorijga jo‘natilgan.
Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, OKMK tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti geografiyasi yildan yilga kengayib borayapti. Hozirgi kunda kombinat mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Pol'sha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. Shuningdek, kombinat mahsulotlari yangi bozorlarga - Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, Marokash va Singapurga eksport qilingan. Ushbu davlatlarga asosan mis mahsulotlari yuborilgan.
OKMK Axborot xizmati