Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2024-yilning 8 oyi davomida barcha ishlab chiqarish prognozlarining bajarilishi ta'minlandi.
Xususan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi 115,1%ga bajarildi.
Qalmoqqir konidan ruda qazib olish prognozi 102,6%ga bajarilib, o‘sish sur'ati +106,9%ga yetkazildi.
O‘tgan 8 oyda mis xom ashyosini qayta ishlash vazifasi 100,4%ga bajarilgan holda, +102,3%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan. Ushbu yo‘nalishda belgilangan prognozlarning bajarilishida Mis boyitish fabrikasi(100%) va 2-Mis boyitish fabrikasi(103,8%)ni alohida ta'kidlash lozim.
Konsentratda mis prognozi bo‘yicha 102,8%lik natija qayd etilgan. Bu yo‘nalishda Mis boyitish fabrikasi prognozni 103,7%ga bajargan.
Shuningdek, mis katodi ishlab chiqarish(100%), o‘z xom ashyomizdan mis katodi ishlab chiqarish(109,4%), o‘z xom ashyomizdan rux ishlab chiqarish(124,8%) bo‘yicha prognozlarning bajarilishi ta'minlangan.
Sulfat kislotasi ishlab chiqarish prognozida +101,2%lik o‘sish sur'atiga erishilgan.
Bundan tashqari, mis kuporosi(100%), texnik tellur(100%) va selen(100%), perrenat ammoniy(103,1%), palladiy kukuni(106,3%), molibden 3 oksidi(105,3%) kabi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha prognozlar oshig‘i bilan bajarilgan.
Emallangan mis ishlab chiqarishda +103,3%lik, vol'fram 3 oksidi ishlab chiqarishda +117,2%lik o‘sish sur'atlari qayd etilgan.
Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan ham barcha ishlab chiqarish progonozlari bajarilishiga erishilgan.
Jumladan, polmetall rudani qazib olish(100,8%), uni qayta ishlash(100,5%), rux konsentratida rux(106,2%) kabi prognozlar oshig‘i bilan bajarilgan.
Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi va Kovuldi koni mehnat jamoalari tomonidan oltin tarkibli rudalarni qazib olish va qayta ishlash, konsentrat tarkibida 1- va 2- metall kabi prognozlar yorug‘ yuz bilan uddalangan.
OKMK Axborot xizmati