• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 9 oyda barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishi ta'minlandi

11 Oktyabr 2024, 8:50 1168

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishiga erishildi.

Ishlab chiqarish va sarf-harajatlar monitoringi boshqarmasi taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, yanvar-sentyabr holatiga 28 357 267 673 000 so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, prognoz 114,6%ga bajarilgan.

Shuningdek, 5 595 320 000 so‘mlik xalq iste'moli mollari ishlab chiqarilgan.

Bundan tashqari, mis rudasini qazib olish prognozi 102,3%ga bajarilib, o‘sish sur'ati 106,4%ga yetkazilgan.

Mis xom ashyosini qayta ishlash prognozida esa +102,1%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan holda prognoz 100,4%ga bajarilgan.

Mis ishlab chiqarish vazifasi 100%ga bajarilib, o‘sish sur'ati +103,3% bo‘ldi.

O‘z xom ashyomizdan mis ishlab chiqarish prognozi 106,2%ga bajarildi. Bu yo‘nalishda +107,3%lik o‘sish sur'ati kuzatildi.

O‘z xom ashyomizdan rux ishlab chiqarish vazifasi ham 122,1%ga bajarildi.

Polimetall rudalarni qazib olish(100,7%), uni qayta ishlash(100,5%) prognozlarining bajarilishi ham ta'minlandi.

Shuningdek, oltin tarkibli rudalarni qazib olish va qayta ishlash vazifalari ham bajarildi.

Mis kuporosi(100%), texnik selen(100%), texnik tellur(100%), perrenat ammoniy(102,8%), palladiy kukuni(106,7%), molibden 3 oksidi(105,4%) kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha prognozlar ham oshig‘i bilan bajarilishiga eshirilgan.

Bundan tashqari, emallangan mis sim(+105%) volfram 3 oksidi(+103,9), sulfat kislotasi(+101,4%) kabi mahsulotlar ishlab chiqarishda yuqori o‘sish sur'atlari qayd etilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech