Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2022-yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, barcha ishlab chiqarish vazifalari bajarilishiga erishildi.
Jumladan, o‘tgan 9 oy mobaynida 23 546 344 405 ming so‘mlik amaldagi narxlarda tovar mahsulotlari ishlab chiqarilgan holda reja 112,2%ga uddalangan.
3 453 986 ming so‘mlik xalq iste'mol mollari mollari tayyorlanib(QQSsiz), reja 138,5%ga bajarilgan. O‘sish sur'ati 117,5%ni tashkil etmoqda.
Mis rudasini qazib olish vazifasi esa 100,2%ga ado etilgan. Mis katodi ishlab chiqarish rejasi 100%ga bajarilgan.
Rux metallini ishlab chiqarish vazifasi 102%ga, o‘z xom ashyomizdan ushbu metallni tayyorlash rejasi esa 106,2%ga uddalangan.
Polimetall rudalarni qazib olish rejasi 101,2%ga, ushbu rudalarni qayta ishlash vazifasi 102,3%ga bajarilgan.
Oltin tarkibli rudani qazib olishda 100,4%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan holda reja 103,6%ga uddalandi.
Ushbu rudalarni qayta ishlash vazifasi 103,4%ga bajarilib, 101%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.
Axborot xizmati