• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 9 oyda eksport rejasi 100,4%ga bajarildi

06 Oktyabr 2023, 8:11 1230

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti borasida ham 2023-yil 9 oy davomida barcha belgilangan rejalar bajarilishiga erishildi.

Metallurgiya xom ashyosi bilan ta'minlash va sotish boshqarmasi taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2023-yil yanvar-sentyabr holatiga kombinat tomonidan 513 986 000 AQSH dollari miqdorida mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan. Rejaviy vazifa esa 100,4%ga bajarilgan.

Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak 41 227 tonna mis mahsulotlari, 31904 tonna rux mahsulotlari xorijlik iste'molchilarga yetkazib berilgan.

Bundan tashqari, mis kuporosi, qo‘rg‘oshin konsentrati, sulfat kislotasi, volfram, palladiy kukuni kabi mahsulotlar ham xorijga yuborilgan.

Shuningdek, kadmiy(135,6%) molibden mahsulotlari(124%), reniy(144%) kabi mahsulotlar eksporti rejasi oshig‘i bilan bajarilganini alohida qayd etish zarur.

Hozirgi kunda OKMK tomonidan 20 dan ortiq mahsulot 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. OKMK mahsulotlari asosan, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinayapti. Shuningdek, kombinat mahsulotlari yangi bozorlarga xususan, Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, Marokash va Singapur kabi davlatlarga ham yuborilmoqda.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech