• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 9 oylik rejaviy vazifalarning bajarilishi ta'minlangan

04 Oktyabr 2023, 10:29 1370

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida barcha rejaviy vazifalar bajarildi.

Jumladan, 22 908 419 580 000 so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, reja 103,1%ga bajarildi.

Yanvar-sentyabr holatiga ko‘ra, mis rudasini qazib olish vazifasi 101,3%ga bajarilgan holda o‘sish sur'ati +104,5%ni tashkil etgan.

Mis xom ashyosini qayta ishlash rejasi esa 100,5%ga uddalangan holda +106,2%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan.

Mis katodini ishlab chiqarish bo‘yicha sentyabr oyida reja 100%ga bajarilgan, o‘z xom ashyomizdan mis katodini ishlab chiqarish vazifasi bo‘yicha 9 oylik natijalarga ko‘ra +102,2%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.

O‘z xom ashyomizdan rux metallini ishlab chiqarish bo‘yicha reja 101,6%ga bajarilgan.

Polimetall rudalarni qazib olish vazifasi 104,8%ga bajarilib, o‘sish sur'ati +103,5% bo‘lgan.

Polimetalla rudalarni qayta ishlash rejasi 103,9%ga ado etilib, o‘sish sur'ati +101,6%ga yetkazilgan.

Oltin tarkibli rudalarni qazib olish(102,8%) va uni qayta ishlash(103,1%) rejalarining bajarilishi ham ta'minlagan.

Rejaviy vazifalarni bajarilishida Qalmoqqir kon boshqarmasi, Mis boyitish fabrikasi, 2-mis boyitish fabrikasi, Xondiza kon boshqarmasi, Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi, Kovuldi koni, Rux zavodi, Mis eritish zavodi kabi tarkibiy bo‘linmalarni alohida ta'kidlash joiz.

Bundan tashqari, mis kuporosi, emallangan mis ishlab chiqarish, texnik selen va texnik tellur, palladiy kukuni, molibden 3 oksidi, perranat ammoniy kabi mahsulotlarning ishlab chiqarish rejalari bajarilishi ta'minlangan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech