Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Hozirgi kunda radioelektronikada ishlatiladigan ko‘plab mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun nodir metallarga bo‘lgan talab oshib bormoqda. E'tiborlisi, kombinatning Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining asosiy vazifalaridan biri ham metallar asosida toza molibden metalini olish hisoblanadi.
Kuni kecha esa Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha IIChBda 99,97% tozalikdagi molibden metallini olinishiga erishildi. Joriy yilning may oyida birlashmaning molibden va vol'fram ishlab chiqarish bo‘yicha pirrometallurgiya sexi tarkibida molibden metallini olish bo‘yicha yangi uchastka faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu uchastkada olib borilgan samarali tadqiqot ishlari natijasida sof holdagi, ya'ni 99,97% li molibden metalli olindi va ishlab chiqarishga joriy etildi.
Shu kungacha ilmiy birlashmada 96,4 % li molibden ishlab chiqarilgan.
Ahamiyatlisi, uning soflik darajasi qancha oshib borsa narxi ham ko‘tarilib boraveradi. Jahon bozorida iyun' oyida 1kg 99.97%li molibdenning narxi 46.85 dollarni tashkil etmoqda. Demak, molibden eksportining o‘sish sur'ati 2,43 % oshdi.
99,97% lik molibden kombinatga 5 mlrd. so‘mlik foyda keltiradi.
Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Molibden va vol'fram ishlab chiqarish bo‘yicha pirrometallurgiya sexi 820 tonna molibden mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lsa, bu mo‘'jazgina uchastkaning yillik ishlab chiqarish quvvati 400 tonna molibden metallini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Shu kungacha uchastkada 1 tonna 99,97%li molibden ishlab chiqarildi. Sof holda olinayotgan molibden metallining 98,5% eksport qilinmoqda.
Yana bir e'tiborli jihati shundaki, ushbu uchastka tashkil etilishi natijasida 16 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
2021 yilda kombinat mutaxassislari va olimlari tomonidan reniy metalli sof holatda olingan edi. Shuningdek, bugungi kunda birlashma mutaxassislari tomonidan molibden tarkibli kompozit mahsulotlar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan.
OKMK Axborot xizmati