• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda Aksilkorrupsiya oyligi o‘tkaziladi

21 Noyabr 2022, 10:3 867

Joriy yilning 18-noyabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi A.Xursanov “9-dekabr — Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Kombinat va uning tarkibiy bo‘linmalarida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida belgilangan tadbirlarni yuksak saviyada o‘tkazishni ta'minlash to‘g‘risida”gi buyruqqa imzo chekdi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmonida mamlakat rivojlanishining bugungi bosqichida korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy havf-xatarlardan biri ekanligi qayd etilgan.

Ushbu Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi “2022- 2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 259-son Qarori bilan “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

Dasturning 23-bandiga muvofiq Davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarning mehnat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish, shartnomalar va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bilimlarini kuchaytirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ni o‘tkazish belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ijro apparati hamda tizimdagi barcha korxona va tarkibiy bo‘linmalarda “Korrupsiya - rivojlanishimizga to‘siq” mavzusidagi oylik doirasida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etish va o‘tkazish buyruqda belgilangan.

Buyruqqa ko‘ra, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida “Korrupsiya - rivojlanishimizga to‘siq” mavzusidagi oylik chora-tadbirlar rejasi va davra suhbatlari jadvali tasdiqlandi.

Shuningdek,  mas'ullarga kombinat ijro apparati bo‘linmalari hamda tizimdagi korxonalar faoliyatining ochiqligi, jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorligini ta'minlash hamda har bir korxona va bo‘linma kesimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tizimdagi korxonalarning birinchi rahbarlari tomonidan OAVda, ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar qilishini ta'minlash yuklatildi.

Oylik chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida sodir etilishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlarini oldini olish maqsadida korxona xodimlari o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish maqsadida davra suhbatlari va seminarlar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, kombinat tarkibiy bo‘linmalari yoshlari o‘rtasida “Korrupsiya millat kushandasi” mavzusida eng yaxshi videoroliklar tanlovi, Zakovat intellektual o‘yini o‘tkaziladi.

“9-dekabr - Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan kombinat tarkibiy bo‘linmalarining muhandis texnik va rahbar xodimlari o‘rtasida tashkil etiladigan mini futbol va shaxmat bo‘yicha musobaqa hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida tashkil etiladigan yugurish marafoni  ham qiziqarli o‘tishi shubhasiz.

 “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Korrupsiya millat kushandasi” mavzusida bayram dasturi ham tashkil etiladi.

“OKMK TV” telekanalida jinoyat va huquqbuzarlik holatlarini oldini olishga qaratilgan turkum ko‘rsatuvlar namoyishi tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilishi ham chora-tadbirlarda o‘z aksini topgan.

Oylik doirasida o‘tkaziladigan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki  ishlar  vazirligi Olmaliq shahar TKXB 1-son IIB, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi Olmaliq shahar Maxsus  prokuraturasi, Olmaliq shahar Davlat xavfsizlik xizmati bo‘limi kabi huquq-tartibot idoralari xodimlari, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi, Olmaliq shahar bosh imom xatibi ishtirok etishadi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech