• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda “Ayolga ehtirom” haftaligi o‘tkaziladi

27 Fevral 2024, 10:35 581

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashining 2024 yil uchun tasdiqlangan ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda davlatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida OKMKda “Ayolga ehtirom” haftaligi o‘tkaziladi.

8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan OKMK Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashi tomonidan o‘tkaziladigan haftalik doirasida mehnat jamoalarida mehnat faxriylari bo‘lgan va faol, fidoyi, yetuk mutaxassis, ijodkor va hunarmand xotin-qizlar rag‘batlantiriladi. Ular ishtirokida turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etiladi.

Shuningdek, haftalik doirasida “100 matonatli ayol” ijtimoiy aksiyasi ham o‘tkazilib, aksiya doirasida kombinatda mehnat faoliyatini olib borayotgan, ehtiyojmand yoki yetim bolalarni asrab olgan, boquvchisini yo‘qotgan, oilasida nogironligi yoki salomatligida jiddiy muammo bo‘lgan, shuningdek, alohida e'tirofga loyiq fazilatli 100 nafar xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari ulashiladi.

Bundan tashqari, haftalik doirasida mehnat faxriylari bo‘lgan va faol xotin-qizlarni Toshkentdagi muzeylarga sayohatga olib borish va konsertlarda madaniy hordiq olishlari tashkil etiladi.

Haftalik 2024 yilning 1-7 mart kunlari o‘tkaziladi.

Bo`lishmoq:
Text to speech