• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda "Ayollar salomatligini muhofaza qilish 10 kunligi"ga start berildi

19 Oktyabr 2023, 12:42 563

Yirik sanoat korxonasi bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mehnat qilayotgan xotin-qizlarga doimiy ravishda e'tibor berib kelingan. So‘zlarimizning isbotini OKMK Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha maslahat kengashi tomonidan e'lon qilingan "Ayollar salomatligini muhofaza qilish 10 kunligi" misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

Mazkur o‘n kunlik 18-28 oktabr kunlari o‘tkazilib, unda kombinatning barcha tarkibiy bo‘linmalari xotin-qizlari va gender tenglik bo‘yicha maslahat kengashi raislari o‘z kasaba uyushmasi va mehnat muhofazasi bo‘yicha mas'ulllar hamkorligida bir qator ishlarni amalga oshirishi belgilangan.

Jumladan, korxonalardagi xotin-qizlarni salomatligini muhofaza qilish, kasb kasalliklarini oldini olish, ayni vaqtda bemor, nogiron bo‘lgan uydagi ayollar holidan xabar olish, uchastka shifokori bilan birgalikda tibbiy ko‘riklar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda OKMK Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha maslahat kengashiga kombinat kasaba uyushmasi Kengashi Tibbiy sanitariya qismi, Olmaliq shahar Tibbiyot birlashmasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi shahar tayanch punkti, “Qizil Yarim oy” jamiyati Olmaliq shahar bo‘limi hamkorlik qilishadi.

Dekada doirasida bugun kombinat sanatoriy-profilaktoriysida sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etilib, unda asosan Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasidagi ehtiyojmand xotin-qizlarning salomatligi tekshirildi.

Tibbiy ko‘rikda onkolog, endokrinolog, ginekolog, terapevt kabi shifokorlar ishtirok etishmoqda.

Bu kabi sayyor tibbiy ko‘rik 20-oktabr kuni Mis boyitish fabrikasi hamda Mis eritish zavodida ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech