• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda baliqchilik va ekoturizm rivojlantiriladi

10 Aprel 2023, 13:9 1769

Joriy yilning 8-aprel kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi Omon Musayev hamda Haida Fishery xorijiy kompaniyasi rahbari Xe Tong tashrif buyurishdi.

"Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov va mehmonlar o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda kombinatda baliqchilikni rivojlantirish, ekoturizmni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mehmonlar Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasining “Qiziloy” baliqchilik xo‘jaligi bilan yaqindan tanishdilar.

Haida Fishery xorijiy kompaniyasi vakillari tomonidan mazkur xo‘jalikda intensiv ravishda baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar berildi.

Yana bir muhim jihat baliqchilikni rivojlantirishda Xitoy tajribasi qo‘llaniladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech