• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni keng nishonlanadi

22 Aprel 2022, 9:35 1396

Bu haqda OKMK boshqaruvi raisi tomonidan 2022-yil 21-aprel kuni imzolangan “Olmaliq KMK” AJda 28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kunini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 000462-sonli buyruqda belgilandi.

Buyruqqa ko‘ra, Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida 28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kunini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Mazkur dasturga ko‘ra, aprel-may oylarida kombinatning barcha tarkibiy bo‘linmalari mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi muhandislari o‘rtasida kombinat miqyosida “Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi mutaxassis - 2022”, “Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakili” ko‘rik-tanlovlari tashkil etiladi.

Shuningdek, kombinat tarkibiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va sanoat xavfsizligi sohasiga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkaziladi.

Joriy yilning ikkinchi choragida kombinat Ijro apparati mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarlari boshchiligida, tog‘-kon, boyitish-metallurgiya,  transport yo‘nalishlarida “Mehnat muhofazasining ijobiy madaniyatini birgalikda shakllantiramiz” mavzusida mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha seminarlar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, kombinat tarkibiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida “Kombinat yoshlari xavfsiz mehnat tarafdori” shiori ostida xavfsiz ishlash  mavzusida chellenj ham o‘tkaziladi.

Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Elektr tokining insonga ta'sir ko‘rsatuvchi xavfi” mavzusida rasm chizish ko‘rik-tanlovi ham qiziqarli bo‘lishi shubhasiz.

Ayniqsa, kombinat barcha tarkibiy bo‘linmalarining mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi muhandislari o‘rtasida sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha  tashkillashtiriladigan musobaqalar ham shiddatli bahslarga boy bo‘lishi aniq.

Amaldagi yilning may-iyun oylarida dasturga binoan tarkibiy bo‘linmalarda avariya va noxush hodisalarning  oldini olishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirish vazifasi ham belgilangan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech