• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni keng nishonlanadi

26 Aprel 2023, 8:52 1450

Joriy yilning 20-aprel kuni OKMK boshqaruvi raisi A. Xursanov "Olmaliq KMK'' AJda 28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kunini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyruqqa imzo chekdi.

Unga ko‘ra, kombinati tarkibiy bo‘linmalarida 28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kunini o‘tkazish va ish joylarida shikastlanish, jarohatlanish holatlariga yo‘l qo‘ymaslikda har bir muhandis va ishchi-xodimning alohida o‘rni bor ekanligini tushuntirish va ushbu ishlarni hamjihatlikda bajarish targ‘ib etiladi.

Buning uchun kombinat tarkibiy bo‘linmalarida 28-aprel - Butunjahon mehnatnii muhofaza qilish kunini yuqori saviyada o‘tkazish, bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Ushbu dasturga binoan kombinatning barcha tarkibiy bo‘linmalarining mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish nazorati muhandislari o‘rtasida kombinat miqyosida “Xavfsiz va sog‘om ishlab chiqarish muhiti - mehnat sohasining eng muhim tamoyil va huquqidir”, “Mehnat muhofazasining ijobiy madaniyatini birgalikda shakllantiramiz” kabi mavzularda seminarlar hamda ko‘rik tanlovlar tashkil etiladi.

Shuningdek, Kombinat tarkibiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va sanoat xavfsizligi sohasiga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan “Zakovat” intelektual o‘yini, “Xavfsiz va sog‘lom ishlab chiqarish muhiti - mehnat sohasining eng muhim tamoyil va huquqidir” shiori ostida xavfsiz ishlash mavzusida chellenj o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Yong‘in xavfsizligi” mavzusida ijodiy ish (rasm chizish va plastilindan narsa yasash) ko‘rik-tanlovi ham bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbirlar aprel-may-iyun oylarida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech