"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Yurtimizda joriy yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 30 kun” oyligi o‘tkazilmoqda. Ushbu oylik doirasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati korxonalarida ham muntazam ravishda targ‘ibot, profilaktik tadbirlari va keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etib kelinyapti.
Navbatdagi profilaktik tadbirlar “Metallurg” madaniyat saroyi, Portlovchi materiallar zavodi hamda Moddiy-texnik ta’minot boshqarmasining ombor xo‘jaligida bo‘lib o‘tdi.
Unda OKMK obyektlarida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘limi inspektorlari A.To‘raqulov, D.Xashimova, R.To‘raqulov va Yu. Saydaliyevalar ishtirok etishdi. Mutaxassislar tomonidan yong‘in sodir bo‘lganda sarosimaga tushmasdan harakat qilish tartibi, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish hamda evakuatsiya yo‘laklaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha zarur tavsiya va yo‘riqnomalar berildi. Shuningdek, ishchi-xodimlarga birlamchi o‘t o‘chirish vositalarini qo‘llash qoidalari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
Portlovchi materiallar zavodi hududidagi tadbirlar doirasida ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida zavod atrofi quruq o‘t va xazonlardan batamom tozalandi.
Bu kabi kompleks tadbirlar korxonada nafaqat moddiy boyliklarni asrash, balki eng oliy qadriyat — inson hayoti va sog‘lig‘ini xavf-xatarlardan himoya qilishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Axborot xizmati