• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda "Dolzarb 30 kun" tadbirlari faollikda o‘tkazilmoqda

18 Iyul 2024, 8:43 972

Ma'lumki, joriy yilning 1-iyul sanasidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq respublikamiz hududida "Yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

"Dolzarb 30 kun" tadbirlari doirasida OKMK Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi, Fuqaro muhofazasi otryadi, Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida boshqarma bo‘linmalarida profilaktik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari “Gulzor”, “Metallurg” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida, “Moviy tog‘lar” dam olish maskanida, 39-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘lib o‘tdi. E'tiborlisi, bu tadbirlarda bolalar juda ham ilg‘or va faol tarzda ishtirok etishdi. 

O‘quv mashg‘ulotlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish, zilzila vaqtida qanday harakat qilish, suv havzalarida cho‘milish vaqtida cho‘kib ketmaslik uchun nimalarga e'tibor berish lozimligi mas'ullar tomonidan batafsil tushuntirib o‘tildi.

Tadbirlarda ssenariy asosida zilzila ro‘y berganda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish, cho‘kayotgan odamni qanday qutqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar namoyish etildi.  

Hususan, OKMK AJga qarashli 39-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti ishchi xizmatchilari va tarbiyalanuvchilari ishtirokida maxsus o‘quv taktik mashg‘uloti o‘tkazildi.

IOB ma'muriyati

Bo`lishmoq:
Text to speech