• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda eksport: 11 oylik prognoz 10 oyda bajarildi

06 Noyabr 2024, 8:14 751

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mahsulotlar eksporti prognozlari muddatidan avval bajarilishiga erishildi.

Jumladan, 2024-yil yanvar-oktyabr holati bo‘yicha prognoz 118,3%ga bajarilib, 535 917 000 dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. E'tiborli jihati 11 oyga belgilangan prognoz 10 oyda bajarilishiga muvaffaq bo‘lindi. 11 oy uchun 501 645 000 dollarlik mahsulot eksport qilish ko‘zda tutilgan edi.

Ma'lumot uchun 2024-yilda OKMKning oldiga 550,0 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilish prognozi belgilangan. OKMK Sotish va metallurgiya xom-ashyolarini yetkazib berish boshqarmasi mas'ullarining ma'lum qilishicha, joriy yilning 15-noyabr kuniga qadar yillik eksport prognozi muddatidan avval bajarilishi kutilmoqda.

2024-yilning 10 oyida xorijga 46 543 tonna mis mahsluotlari yuborilib, ushbu yo‘nalishda prognoz 144,5%ga ado etilgan.

Reniy(115,0%), mis kuporosi(150,2%), molibden mahsulotlari(105,0%), qo‘rg‘oshin konsentrati(111,6%) mahsulotlar eksporti prognozi oshig‘i bilan bajarilgan.

Shuningdek, rux mahsulotlari, kadmiy, palladiy kukuni kabi mahsulotlar eksportida o‘sish sur'atiga erishilgan.

Yildan yilga OKMK eksport geografiyasi kengayib bormoqda. Hozirda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda xom ashyodan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yurtimizda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish jadal rivojlanishi oqibatida ichki bozorda misga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Shuningdek, kombinatda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ham katta e'tibor qaratilmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech