• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda eksport: 9 oylik prognozlarning bajarilishi ta'minlandi

04 Oktyabr 2024, 18:19 1347

Joriy yilning 9 oyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mahsulotlar eksporti borasida barcha belgilangan prognozlarning bajarilishi ta'minlandi.

Xususan, xorijiy iste'molchilarga 9 oy davomida 42 222 tonna mis mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, prognoz 147,1%ga bajarildi.

Shuningdek, xorijga 21554 tonna rux mahsulotlari jo‘natilgan.

Bundan tashqari, 9069 tonna mis kuporosi eksporti amalga oshirilib, prognoz 151,2%ga bajarilganini alohida qayd etish lozim.

Reniy, kadmiy, palladiy kukuni, kabi mahsulotlarning eksportida belgilangan prognozlar bajarilishiga erishilgan.

Molibden mahsulotlari hamda qo‘rg‘oshin konsentrati eksportida ham yuqori natijalar kuzatilgan. 9 oyda 580 tonna molibden mahsulotlari(prognoz 107,4%), 12 289 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati(prognoz 108,8%) eksport qilingan.

Yanvar-sentyabr holatiga eksport prognozi 120,1%ga bajarilib, 486 107 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilgan.

Bugungi kunda yurtimizda xom ashyodan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yurtimizda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish jadal rivojlanishi oqibatida ichki bozorda misga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Shuningdek, kombinatda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ham katta e'tibor qaratilmoqda.

Ma'lumot uchun: Yildan yilga OKMK eksport geografiyasi kengayib bormoqda. Hozirda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda. 2024-yilda yangi eksport bozorlari o‘zlashtirildi. Jumladan, joriy yildan boshlab Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Marokash, Portugaliya kabi davlatlarga mis katankasi va mis kuporosi eksporti amalga oshirilayapti.

OKMK Sotish va metallurgiya xom ashyolarini yetkazib berish boshqarmasi

Bo`lishmoq:
Text to speech