• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda eksport prognozi 101,3%ga bajarilgan

12 Mart 2024, 8:51 1007

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan yanvar-fevral holati bo‘yicha 81 989 000 dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 101,3%ga bajarildi.

Mahsulotlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak 2 oyda 7304 tonna mis mahsulotlari, 4643 tonna rux metali, 132 tonna molibden mahsulotlari va boshqa turdagi mahsulotlar xorijlik iste'molchilarga yuborildi.

Aytish joizki, kombinat mahsulotlari 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. Yildan yil mahsulotlar eksport geografiyasi kengaymokda. Jumladan, 2023 yilda mis katankasi va mis kuporosi eksportida yangi bozorlar – Amerika Qo‘shma Shtatlari, Meksika va Finlyandiya kabi davlatlar o‘zlashtirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech