"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport bo‘yicha barcha prognozlari bajarildi.
2023-yil yanvar-noyabr holatiga prognoz 103,1%ga bajarilib, 611 594 000 dollarlik mahsulot eksport qilinishiga erishildi.
Mahsulotlar kesimida oladigan boʻlsak, 52 068 tonna mis mahsulotlari eksport qilinib, prognoz 112,5 %ga bajarildi. Jumladan, 46199 tonna mis katodi, 2523 tonna mis katankasi xorijga yuborilgan.
Shuningdek, 40 111 tonna rux mahsulotlari xorijlik iste'molchilarga jo‘natilgan.
Bundan tashqari, reniy, kadmiy, mis kuporosi, palladiy kukuni, molibden mahsulotlari, qo‘rg‘oshin konsentrati, volfram kabi mahsulotlar eksportida ham prognoz ko‘rsatkichlari bajarilgan.
Ma'lumot uchun: Hozirgi kunda OKMK tomonidan 20 dan ortiq mahsulot 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. OKMK mahsulotlari asosan, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinayapti.
OKMK Axborot xizmati