Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, barcha ishlab chiqarish rejalarini bajargan Olmaliq kon-metalurgiya kombinati tomonidan mahsulotlar eksporti borasida ham salmoqli natijalar qayd etildi.
OKMK Metallurgiya xom ashyosi ta'minoti va sotish boshqarmasi taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, kombinat tomonidan 11 oyda 883,7 mln dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, rejaviy vazifa 114%ga bajarilgan.
Mis mahsulotlari eksporti rejasi 104,3%ga bajarilib, 69989 tonna ushbu mahsulot xorijga yuborilgan.
Shuningdek, 61576 tonna mis katodi eksport qilinib, reja 108,8%ga uddalangan.
4277 tonna mis quvurlari importyorlarga jo‘natilib, +88,2%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.
Mis kuporosi eksportida hamon yuqori natija saqlanib turibdi. Mazkur yo‘nalishda reja 134,4%ga bajarilib, xaridorlarga 8735 tonna ushbu mahsulot yuborilgan.
11 oylik natijalar bo‘yicha rux mahsulotlari eksportida hamon yuqori natijalar saqlanib qolgan. 55571 tonna rux mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, reja 121,6%ga uddalangan.
Kadmiy metalli eksportida +90,7%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.
Molibden mahsulotlari eksport rejasi esa 130%ga bajarilgan. 728 tonna ushbu mahsulot xaridorlarga yetkazib berilgan.
Qo‘rg‘oshin konsentrati eksportida ham 11 oyda yuqori natija qayd etilgan. Reja 120,2%ga bajarilib, 24036 tonna ushbu mahsulot xorijga jo‘natilgan.
Palladiy kukuni eksportida reja 198,6%ga, reniy eksportida esa reja 101,3%ga bajarilgan.
Bundan tashqari, selen eksporti rejasi 235%ga, tellur rejasi 133,3%ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.
Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinayapti. Shuningdek, yangi bozorlar ham o‘zlashtirilmoqda. Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, Marokash va Singapur kabi davlatlarga asosan mis mahsulotlari yuborilgan.
OKMK Axborot xizmati