Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-332022-yilning yanvar-fevral holatiga ko‘ra, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mahsulotlar eksporti borasida salmoqli natijaga erishildi. Jumladan, o‘tgan ikki oy uchun reja bo‘yicha 97 664 000 dollarlik mahsulot eksporti belgilangan edi. Amalda esa 152 mln 212 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshrilib, rejaviy vazifa 155,9%ga udallangan. O‘sish sur'ati esa 106,6%ni tashkil etmoqda.
Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak, 11085 tonna mis mahsulotlari eksport qilinib, reja 126%ga bajarilgan. Xususan, 10514 tonna mis katodi, 572 tonna mis quvurlari xorijlik xaridorlarga yetkazib berilgan.
Rux mahsulotlari eksportida ham yuqori natija qayd etilganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Xorijlik importyorlarga 9819 tonna rux mahsuloti yuborilib, reja 196,4%ga ado etilgan.
Bunday yuqori natija molibden mahsulotlari eksportida ham kuzatilmoqda. Reja bo‘yicha 60 tonna ushbu mahsulot eksport qilinishi kerak edi. Amalda 144 tonna ushbu mahsulot eksporti amalga oshirilib, reja 239,7%ga bajarilgan.
Shuningdek, o‘tgan davrda 71 tonna kadmiy, 1016 tonna mis kuporosi, 5951 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar eksport qilinib, ko‘zlangan natijaga erishilgan.
OKMK Axborot xizmati