• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

OKMKda eksport rejasining bajarilishi ta'minlandi

17 May 2023, 10:36 2107

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi joriy yilning o‘tgan 4 oyi davomida mahsulotlar eksporti bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajardi.

Xususan, yanvar-aprel holati bo‘yicha 243 120 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, reja 100,2%ga ado etildi.

Mahsulotlar kesimida qaraydigan bo‘lsak 19 090 tonna mis mahsulotlari, 10820 tonna rux mahsulotlari xorijlik importyorlarga yuborilgan.

Shuningdek, 1309 tonna mis kuporosi eksport qilingan. Molibden mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha rejaviy vazifa 134,8%ga bajarilib, xaridorlarga 294 tonna ushbu mahsulot jo‘natilgan.

Ma'lumot uchun: Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinayapti. Shuningdek, yangi bozorlar ham o‘zlashtirilmoqda. Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, Marokash va Singapur kabi davlatlarga asosan mis mahsulotlari yuborilgan.

2022-yilda yangi bozorlar – Ispaniya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Kanada, Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal davlatlariga qiymati 14,3 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu