Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda ichki turizm qoʻllab-quvvatlanmoqda

18 Avgust 2025, 10:12 522

Sayohat – bu faqat hordiq emas, balki yangi bilimlar, taassurotlar kuchli motivatsiya va hayotingizdagi eng chiroyli xotiralarning manbaidir.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida esa mazkur yo‘nalishdagi tashabbuslar doimo qo‘llab-quvvatlab kelingan. Korxona nafaqat ishlab chiqarishda, balki ishchi-xodimlarning madaniy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishda ham faol.

Shu maqsadda kuni kecha ijtimoiy obyektlar boshqarmasining rahbar xodimlari uchun unutilmas sayohat tashkil etildi. Dastlab ular poytaxtimizdagi Shahidlar xiyobonini ziyorat qilishib, yurt ozodligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

U yerda tariximizning og‘ir va shu bilan birga faxrli sahifalariga nazar tashlashdi.

Safarning keyingi manzili Adiblar xiyoboni bo‘ldi. Bu maskan o‘zbek adabiyoti durdonalari yaratilgan buyuk shaxslar xotirasiga bag‘ishlangan go‘zal majmua bo‘lib, u yerda pedagoglar va rahbar xodimlar adiblar haykallari tagida turib, ularning hayoti va ijodi haqida so‘z yuritdilar. Ulug‘ ijodkorlarning asarlaridan parchalar, yoddan she’rlar o‘qildi.

Mazkur tadbir davlat mustaqilligining 34 yilligi arafasida, “Millat uchun, Vatan uchun, Xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazildi.

Shu o’rinda takidlab o’tish kerkki tadbir ishtirokchilarni yanada birlashtirdi, ularning qalbida o‘z kasbiga, Vatanga va madaniyatga bo‘lgan muhabbatni orttirdi.

Har bir qatnashchi bu safardan yangi bilimlar, yorqin xotiralar va samimiy iliqlik bilan qaytdi.

Shubhasiz, bunday madaniy-ma’rifiy sayohatlar kelgusida ham xodimlar uchun ruhiy ozuqa, motivatsiya va jamoaviy birdamlikning muhim omili bo‘lib qoladi.

Zahiriddin Maxmutaliyev,

“Metallurg” MS direktori

Bo`lishmoq:
Text to speech