Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda ichki turizm rivojlantirilmoqda

02 Iyul 2025, 10:30 679

Mamlakatimizda turizm sohasini iqtisodiyotning muhim strategik tarmog‘i sifatida yanada rivojlantirish, sayyohlar oqimini keskin oshirish, yangi turizm obyektlarini  tashkil etish, sohadagi tadbirkorlarni qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida qabul qilingan Prezidentning 2025-yil 15-maydagi PF-87-F sonli  farmoni hamda Tog‘-kon sanoati va Geologiya vazirligining 2025-yil 10-iyundagi 19-sonli “O‘zbekiston bo‘ylab ichki sayohatlar tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta'minlash borasida OKMKda samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning iyun oyida Ohangaron tumanida joylashgan “Moviy tog‘lar” dam olish maskanida 1014 nafar, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Oltin olma” dam olish maskanida 88 nafar, “Toshkent dengizi” bo‘yida joylashgan “Avtomobilchi” dam olish maskanida 415 nafar nafar kombinat ishchi-xodimlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdi.

Shuningdek, Buxoro viloyatiga 50 nafar ishchi-xodimlar, Toshkent shahridagi muzeylar va teatrlarga 200 nafar xotin-qizlar sayohat va tomoshaga yuborildi.

Iyun oyida jami bo‘lib 1767 nafar kombinat ishchi-xodimlari sayohat va dam olishlarga yo‘naltirildi.

OKMKda ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bardavomlik kasb etadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech