• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

OKMKda "Innovatsion menejment" kafedrasi tashkil etildi

07 Aprel 2025, 9:54 266

Har qanday sohada yuksak bilim va salohiyatga ega kadrlarga ehtiyoj doim yuqori boʻlib kelgan. Bu borada ishlab chiqarish korxonalarining oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda oʻzida mutaxassislik kafedralari filiallarini tashkil etgan xolda klaster usulida faoliyat yuritishi muhim ahamiyatga ega. Respublikamizning yirik sanoat korxonalaridan biri bo’lgan OKMKda ham bu borada bir qator oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari bilan ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasi doirasida malakali kadrlarni tayyorlash tizimi yo’lga qo’yilgan.

Kuni kecha kombinat oʻquv markazi yana bir oliy taʼlim dargohi - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi va markaz qoshida "Innovatsion menejment" kafedrasi fililali tashkil etildi.

Qayd etish joizki yangi kafedra va kombinat oʻrtasida mutaxassislar tayyorlashdagi ehtiyojlarni inobatga olgan holda oʻzaro manfaatli loyihalar ishlab chiqilib, taʼlim jarayoniga ishlab chiqarish talablari integratsiya qilinadi. Kafedra professor-oʻqituvchilari korxonaning rivojlanish strategiyasi va zamonaviy tendensiyalarni oʻrganib, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi. Natijada, taʼlim jarayoni bevosita bozor talablari va real sektor ehtiyojlariga moslashtiriladi. Bundan tashqari talabalar uchun amaliyot va stajirovkalar tizimi yoʻlga qoʻyiladi. 2-kursdan boshlab oʻquvchilar OKMK bazasida malakaviy amaliyotlarni oʻtash, nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish sharoitida sinab koʻrish va ish tajribasini oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida eʼtibor qaratiladi. Bunda korxonaga tegishli ilmiy-texnik muammolar oʻrganilib, kafedra professor-oʻqituvchilari, doktorantlar va iqtidorli talabalar ishtirokida innovatsion loyihalar ishlab chiqiladi. Bu jarayonda ilmiy tadqiqotlarning tijoratlashtirilishi va ishlab chiqarishga tatbiq etilishi ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalasi ham tizimli yoʻlga qoʻyiladi. Yaʼni korxona tomonidan kadrlarga boʻlgan ehtiyoj aniqlanib, istiqbolli mutaxassislarni tanlab olish, ularni amaliyotga jalb qilish va ish bilan ta’minlash mexanizmlari ishlab chiqiladi. Endilikda, universitet va korxona oʻrtasida muntazam uchrashuvlar tashkil etilib, korxona mutaxassislari tomonidan maʼruzalar oʻqilishi, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi mavzulari kombinatning dolzarb muammolaridan kelib chiqib shakllantirilishi rejalashtirilgan.

 Muyassar Umarxo'jayeva, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Innovatsion menejment kafedrasi dotsenti: - “Olmaliq KMK” AJ va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻrtasidagi ozaro hamkorlik aloqalari natijasida, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi mustahkamlanib, zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan, yuqori malakali menejer va mutaxassislar yetishtirilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Hamkorlik doirasida universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan kombinatning rahbarlik lavozimga zaxira kadrlari uchun "Korporativ boshqaruv" fanining maqsad va vazifalari mavzusida seminar- rening oʻtkazildi.

Baxtiyor Niyazmetov,

Oʻquv markazi Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu