Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va uning tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens tizimini joriy etish bo‘yicha bir qatori ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, jamiyat yagona aksiyadorining 2021-yil 7-iyundagi 26/08-qr – son qarorining 2.5.- bandiga asosan hamda kombinatning 2021-yil 21-maydagi 00653-son buyrug‘iga muvofiq, kombinat Ijro apparatida 2 ta xizmat (bo‘lim)dan hamda 12ta shtat birligidan iborat bo‘lgan “Komplaens va ishlab chiqarish-moliyaviy xatarlarini monitoring qilish boshqarmasi” korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tuzilmasi tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi tomonidan tavsiya etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid normativ hujjatlar asosida Kombinatning jami 16ta ichki normativ hujjatlari ishlab chiqilib, ularning 7tasi o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanib joriy etildi.
Komplaens tizimiga oid boshqa ichki normativ hujjatlar loyihalari xorijiy konsultantlar bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda.
Hukumatning 2021-yil 4-avgustdagi 498-son qarorining uchinchi bandiga muvofiq, ochiq va shaffof tanlovlar asosida “Katta to‘rtlik”ka kiradigan yirik auditorlik kompaniyasi bo‘lgan “Ernst and Young Advisory” bilan 2021-yil 22-noyabr sanasida “Konsalting xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida”gi shartnoma imzolandi.
Kombinat va uning tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaviy hatti-harakatlar, xizmat vakolatini suiste'mol qilish, xizmat vakolatidan chetga chiqish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yish, odob-axloq talablarini buzish holatlarining oldini olish maqsadida "Aloqa raqami" faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Agar Sizda kombinat faoliyati bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lsa, u holda - +998 70 619-23-32, +998 78 141-93-32, +998 93 182-72-12, +998 70 619-15-47 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki juraev@agmk.uz; sh.holhujaev@agmk.uz elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi!
Bundan tashqari, “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” o‘n kunligi doirasida, Kombinatning 2021-yil 19-noyabrdagi 001452-sonli buyrug‘iga muvofiq, Agentlikning mas'ul xodimlari ishtirokida 22-noyabr – 2-dekabr oralig‘ida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida jami 53ta turli shakldagi targ‘ibot va tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.
Jumladan 9ta ochiq davra suhbatlari, 10ta ochiq eshiklar kunlari, 21ta turli formatdagi uchrashuvlar, Kombinatning bilimdon xodimlari ishtirokida 10ta hududiy va 1ta markaziy final “Zakovat” intellektual o‘yinlari, 2ta sahna chiqishlari kabi targ‘ibot va tashviqot tadbirlari yuksak saviyada tashkil qilindi.
Jamiyat va uning tizimida Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan umumiy qiymati deyarli 5 mlrd. AQSh dollaridan iborat bo‘lgan eng yirik 2 ta loyihalarning amalga oshirilishi ustidan samarali Jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan.
Jumladan, Jamiyatning internet tarmog‘idagi rasmiy veb sahifasida, shuningdek, Youtube videoxostingida, Xalqaro press klub platformasi orqali, jurnalist va blogerlar ishtirokidagi press-turlar hamda boshqa OAV platformalarida “Olmaliq KMK” AJda xorijiy mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari to‘g‘risidagi tafsilotlar, hisobot va ma'lumotlar muntazam ravishda ochiqlanib kelinmoqda.
2022-yilda Kombinat va uning tizimida Komplaens nazorat tizimini joriy etish bo‘yicha bir qator dolzarb vazifalar amalga oshiriladi.
Xususan, xorijiy konsultantlar tomonidan hamda Agentlik tomonidan taqdim etilgan ichki normativ hujjatlarni qabul qilish va tasdiqlash ishlarini to‘liq yakuniga yetkazish.
Mart-aprel oylarida, Kombinatning Ichki nazorat tuzilmasidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga salohiyatli va yetuk kadrlarni jalb qilish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda ARGOS tizimi orqali ochiq va shaffof tanlovlar o‘tkaziladi.
Jamiyat va uning tizimida korrupsiyaning har qanday turi va shakliga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda ishchi-xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida, targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini izchil davom ettiriladi. Shuningdek, Kombinat va tizimdagi barcha xodimlarni o‘qitish ishlarini joriy yilda yakuniga yetkaziladi.
Xorijiy konsultantlar bilan birgalikda Jamiyatning “Korrupsiyaviy Xatarlar xaritasi”ni ishlab chiqilib, joriy etiladi. Shuningdek Kombinatning “Korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati”ni shakllantirilib, tasdiqlanadi.
Jamiyat va uning tizimini “Korrupsiyadan holi soha”ga aylantirish hamda quyidagi xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritish maqsad qilingan:
ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari - Foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti;
ISO 31000:2018 Risk Management standarti;
ISO 37301:2021 “Komplaens nazorati menejmenti tizimlari – Foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti;
ISO 19600:2014 Compliance management systems standarti;
COSO 2017 - ERM standarti;
Extractive Industries Transparency Initiative EITI (jami - 6ta standartlar) standartlari asosida sertifikatlashtirish Kombinat hamda uning tizimini KORRUPSIYADAN HOLI SOHA deb e'lon qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
OKMK Ijro apparati Komplaens va ishlab chiqarish-moliyaviy xatarlarini
monitoring qilish boshqarmasi