• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

OKMKda Mahalliylashtirish dasturi samarali amalga oshirilmoqda

11 Aprel 2025, 8:16 898

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalliylashtirish dasturi samarali amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, 1-chorak natijalariga ko‘ra, dastur doirasida 93 ta loyiha bo‘yicha 312,4 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, prognoz 104%ga bajarildi. Import o‘rnini bosish samaradorligi esa 24 mln dollarni tashkil qildi.

Bunda yangi loyihalar bo‘yicha 252,7 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tegirmonlar, maydalagichlar, ekskavatorlar, temir yo‘l transporti, flotatsiya pnevmomexanik mashinalar uchun ehtiyot qismlar, groxotlar uchun futerovkalar va mis simlari uchun katushkalar, 2BC-105 rusumli vagonlar uchun pastki rama va korpusi, shamollatish, aspiratsiya tizimlari, sulfat kislota ishlab chiqarish uskunalarini yasash va o‘rnatish ishlari shular jumlasidan.

Shuningdek, hisobot davrida mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan mahsulotlardan 364,2 ming dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Reja bo‘yicha 64 mln dollarlik mahsulotlar importi amalga oshirilishi kerak edi. Amalda esa 47,8 mln dollarlik mahsulot import qilindi va ushbu ko‘rsatkich rejaga nisbatan 75%ni tashkil etdi.

Importni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida jami 11,6 mln dollar valyuta mablag‘lari tejalib, reja 129%ga bajarildi. Xususan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish orqali import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar xaridi hisobiga 7,2 mln dollar, import mahsulotlarni tender va tanlash e'lonlari orqali xarid qilishda ishlab chiqaruvchi va ularning rasmiy dilerlarini jalb qilish hisobiga 4,4 mln dollar iqtisod qilindi.

Kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash orqali jami 436,8 mlrd so‘mlik mahalliy mahsulotlar xaridi amalga oshirilib, natijada reja 125%ga bajarilishiga erishildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu