"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugun jonajon yurtimizda istiqlol shukuhi kezmoqda. Davlatimiz mustaqilligining 35-yillik shonli to‘yi mamlakatimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya ostida yuksak tayyorgarlik va ko‘tarinki ruhda munosib kutib olinyapti.
Ushbu tantanali kunlar arafasida mamlakatimizning yirik sanoat korxonasi bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishchi-xodimlari o‘rtasida ham eng ulug‘, eng aziz bayram shukuhini ulashish, jamoada vatanparvarlik tuyg‘ularini yana-da yuksaltirish maqsadida taniqli shoirlar, yozuvchilar, adib va olimlar ishtirokida tizimli ma’naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Xususan, joriy yilning 11-avgust kuni kombinatimizning eng yirik korxonalari — Mis boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodi mehnat jamoalari uchun unutilmas ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda taniqli shoir va jurnalist Salim Ashur boshchiligidagi el suygan ijodkorlar va ziyolilar mehmon bo‘lishdi.
Samimiy, ochiq muloqot va yuqori ijodiy ruhda o‘tgan uchrashuvda adabiyot vakillari Vatan sog‘inchi, yurtga sadoqat hamda umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi, qalblarni to‘lqinlantiruvchi o‘z ijod namunalaridan o‘qib berishdi.
Suhbat davomida ijodkorlar istiqlol yillarida, ayniqsa, keyingi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va erishilgan tarixiy yutuqlarga alohida to‘xtaldilar. Shu o‘rinda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining O‘zbekiston iqtisodiy qudratini yuksaltirishdagi beqiyos o‘rni hamda fidokorona mehnat qilayotgan metallurg va konchilarning zahmatli faoliyati yuksak e’tirof etildi.
Bu kabi ma’naviy-ma'rifiy tadbirlar ishchi-xodimlarga nafaqat ko‘tarinki kayfiyat va estetik zavq ulashadi, balki ulardabugungi tinch va osoyishta kunlarimizning qadriga yetish, eng ulug‘ ne’matimiz bo‘lgan mustaqillikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash va uni mustahkamlashga daxldorlik tuyg‘usini yana-da kuchaytiradi.
Axborot xizmati