• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda mashinasozlik zavodi barpo etilayapti

24 Yanvar 2023, 13:50 2195

Xabaringiz bor, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida yirik mega loyiha sifatida e'tirof etilayotgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida qator ishlab chiqarish korxonalari, infrastrukturalar barpo etilayapti. Jumladan, loyiha doirasija qurilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasini texnologik uskunalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida yangi Mashinasozlik zavodi ham bunyod etiladi.

2022-yilning iyul oyida esa Mashinasozlik zavodini qurish direksiyasi tashkil etilib, faoliyat yuritib kelmoqda.

2022-yilning sentyabr oyida quyuv, mexanika va temir payvandlash texnologiyalari tanlab olindi.

Ayni paytda “O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti tomonidan zavodning texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda.

2022-yilning dekabr oyida xarid qilinadigan uskunalarga texnik topshiriqlar ishlab chiqildi.

Loyihaning umumiy qiymati 500 mln dollar bo‘lib 2023-yilda uskunalarni xarid qilish va o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.

Mazkur zavod ishga tushishi bilan 2500 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, yiliga 55 ming tonna ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. Jumladan, 20 ming tonna po‘lat quyish ishlari bajariladi. 20 ming tonna ehtiyot qismlar (konus qoplamasi, tegirmon futerovkasi, kovsh tishlari va boshqalar), 15 ming tonna nostandart uskunalar (g‘alvir, konusli maydalagich, tasmali konveyer va boshqalar) tayyorlanadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech