• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda “Mehr-muruvvat kunlari” o‘tkaziladi

30 Noyabr 2023, 10:58 567

Kuni kecha 1-dekabr - OITSga qarshi kurashish hamda 3-dekabr - Xalqaro Nogironlar kuni munosabati bilan OKMKda “Mehr-muruvvat kunlari”ni o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilish bayonnomasiga ko‘ra, bir qator tadbirlar tashkil etilishi belgilandi.

Jumladan, kombinatda 1-dekabr - OITSga qarshi kurashish hamda 3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Mehr-muruvvat kunlari” o‘tkaziladi.

Kombinat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha maslahat kengashi raislari hamda kasaba uyushmalari kengashi bilan hamkorlikda o‘z mehnat jamoalaridagi nogironligi bo‘lgan, nogironlik nafaqasida bo‘lgan, shuningdek, qaramog‘ida nogiron farzandi bor xodimlarning mehnat sharoitlari va oilaviy holati bilan tanishib, ijtimoiy-tibbiy, huquqiy, psixologik va boshqa turdagi yordamlarni ko‘rsatishi belgilandi.

Bundan tashqari, 2023-yil 1-dekabr kuni soat 12.00dan 16.00gacha “Metallurg” MSda Olmaliq shahridagi 80-maxsus internat va 6-yordamchi maktab o‘quvchilari uchun madaniy-ma'rifiy bayram dasturlari, o‘quvchilarning ijodlaridan iborat ko‘rgazmalarni tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun: ayni vaqtda OKMK mehnat jamoasida 300 nafardan ziyod nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar faoliyat olib borishmoqda. 

Kombinatda nogironligi bo‘lgan, shuningdek, qaramog‘ida nogiron farzandi bo‘lgan oilalarga mehnat qonunchiligi va boshqa ijtimoiy dasturlar asosida yetarli shart-sharoit yaratib berilmoqda.

Bundan tashqari, OKMK tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar o‘quv ta'lim muassasalari, “Saxovat”, “Muruvvat” uylariga muntazam homiylik yordamlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech