Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 26-oktabr kuni OKMK xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tasarrufidagi xotin-qizlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy, ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, jinoyatchilik, huquqbuzarlik hamda oilaviy ajrimlarning oldini olish ishlariga alohida e'tibor qaratish kabi masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, tadbyuirda Xotin-qizlar komissiyasi tarkibida 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlardan tashkil topgan "Qizlarjon" klubini tashkil etish va koordinatorini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
Tadbir davomida OKMK Xotin-qizlari komissiyasi tarkibida tashkil etilgan "Qizlarjon" klubi koordinatorligiga Rux zavodida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish bo‘yicha laborotoriya rahbari Nargiza Atakulova bir ovozdan saylandi.
Kombinat korxona-tashkilotlari xotin-qizlar komissiyalari raislari "Qizlarjon" klubi a'zolari va ularning faoliyatiga hamjihatlikda ishlab, amaliy yordam ko‘rsatib borishini bildirishdi.
Ozoda Kamolova,
39-MTT mudirasi