• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda raqamlashtirish: Joriy etilgan tizim yuqori aniqlikni ta'minlaydi

18 Aprel 2023, 8:18 1438

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining har bir tarkibiy bo‘linmasida raqamlashtirish jarayoni samarali joriy etilmoqda. Jumladan, 2022-yilning sentyabr oyida ishga tushirilgan Yonilg‘i-moylash materiallari nazorati tizimi yil yakuniga qadar 27 mlrd. so‘mlik yoqilg‘ining tejalishini ta'minlab, yonilg‘i quyish shaxobchalarida xizmat ko‘rsatish tezligini 2 barobarga oshirgan edi.

Shu yo‘nalishda tizim imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida joriy yilning 1-aprelida “Yoshlik-1” koniga konteynerli avto-yoqilg‘i quyish stansiyalari (KAZS) o‘rnatilib, to‘liq ishga tushirildi. Natijada esa yoqilg‘i quyishda yuqori aniqlik hamda avtosamosvallarning yoqilg‘i quyishda yuzaga keladigan navbatlarini bartaraf etishga erishildi.

Ma'lumot uchun: 2022-yil mobaynida kombinatda raqamli transformatsiya qilish doirasida 48 ta loyiha amalga oshirildi.

Joriy yilning birinchi choragida 12 dan ortiq loyiha va vazifalar yakuniga yetkazilib, 40 dan ortiq axborot tizimlari, telekommunikatsiya, ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan tizimlari kombinat xodimlariga faol xizmat ko‘rsatib, IT xodimlari tomonidan uzluksiz va barqaror ishlashi ta'minlandi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech