• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda raqamlashtirish: yangi tizim yiliga 1 mlrd so‘mni tejaydi

14 Mart 2023, 9:14 962

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida joriy etilayotgan raqamlashtirish bois, ko‘plab sohalarda yuqori samaradorlikka erishilmoqda. Jumladan, kombinat tarkibiy bo‘linmalariga kirishni nazorat qilishni raqamlashtirish va “Raqamli OKMK-2030” konsepsiyasining ijrosini ta'minlash maqsadida kombinat hududida kirish-chiqishga ruxsat berish va boshqarishning yagona tizimi ishlab chiqildi.

Texnik tizimlarning xavfsizligi xizmati texnik aniqlash qurilmalari ustasi Olimjon To‘rayevning ma'lum qilishicha, 2022-yilning avgust oyida kombinat tarkibiy bo‘linmalarini ushbu tizim bilan jihozlash chora-tadbirlari ishlab chiqilib, boshqaruv kengashi tomonidan tasdiqlandi. Unga ko‘ra, kombinatning 35 mingdan ortiq ishchi-xodimlari yuqori himoya darajasiga ega yangi ID-kartalari bilan ta'minlanadi.

2022-yilning sentyabr oyidan to dekabr oyigacha kombinat ishchi-xodimlarining elektron ma'lumotlar bazasi yaratilib, qayta yangilanishdan o‘tkazildi. Shu bilan birga Prime Status kompaniyasi tomonidan yangi Mifar+X4K formatida ishlaydigan kartalarni olib kelinishi ta'minlandi.

Rejalashtirilgan ishlarni bajarish uchun ish qurollari, materiallar, kontroller texnikasi, dasturiy ta'minot, server va kommutatsion uskunalarni olib kelish uchun texnik topshiriqlan ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Hozirgi kunda ushbu loyihaning bajarib borilishi o‘rnatilgan tartibda, tasdiqlangan reja va jadvallarga mutanosib, mamlakatimiz qonunchiligining tegishli bandlarida ko‘rsatilganidek tender tanlovlari o‘tkazilib, shartnomalar tuzilib, joriy yilning aprel-may oylarida zaruriy jihozlarni yetkazilib berilishini nazarda tutmoqda.

Ushbu tizim qanday afzalliklarga ega degan savolga javob beradigan bo‘lsak birinchi galda qog‘oz tejaladi. Bu tizim kombinatning barcha tarkibiy bo‘linmalariga joriy etilishini hisobga oladigan bo‘lsak, 100% qog‘oz ruxsatnomalarga ehtiyoj yo‘qoladi. Ob'ektlarga tashrif buyurishning elektron jurnalini yuritish va xodimlarning ish vaqtini hisoblashning(tabel' yuritish)avtomatik tarzda shakllanishi yuzaga keladi.

Qo‘shimcha tarzda kombinat ishchi-xodimlariga xizmat ko‘rsatuvchi oshxonalardagi hisob-kitob ishlari(elektron talon) ham shu tizimga integratsiya qilinadi. Ularning identifikatsiya qilish ishlari ham ushbu ID karta opsiyalaridan biri bo‘ladi.

Shuningdek, ishchi-xodimning mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha belgilangan muddatda topshiradigan imtihon natijalari ham ushbu tizimga kiritiladi.

Texnik tizimlarning xavfsizligi xizmati tomonidang joriy yilning 16-fevralidan kombinat ishchi-xodimlarining ma'lumotlarini tizimga kiritish ishlari boshlandi. Joriy yilning 13-mart holatiga 30600 nafar ishchi-xodimning ma'lumotlari tizimga kiritilib, reja 90%ga bajarildi.

Yana bir muhim jihat yiliga taxminan1 mlrd so‘m mablag‘ iqtisodiga ham erishiladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech