Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda raqamlashtirishning yangi bosqichi boshlanmoqda

12 May 2026, 9:49 173

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hamda mahalliy dasturiy ta'minotlarni yaratish bo‘yicha yangi strategik yo‘nalishlarni belgilab olish maqsad qilingan. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun kombinatning “Digital Industry” korxonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Milliy universitetining yetakchi professor-olimlari kombinatga taklif etildi.

Тashrif doirasida iqtisodiyot fanlari doktorlari, professorlar — Shohmansur Shoha'zamiy va Xayrulla Rejapov hamda kombinatning axborot texnologiyalari sohasi mas'ullari va mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini takomillashtirish, mahsulot tannarxini tushirish, energotejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda ishlab chiqarishni iqtisodiy jihatdan optimallashtirishga xizmat qiluvchi yangi dasturiy yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi. Bunda asosiy urg‘u matematik modellashtirish usullariga qaratilib, murakkab texnologik zanjirlarni raqamli modellar yordamida boshqarish rejalashtirildi.

Тadbirda professor Shohmansur Shoha'zamiy “Yangi O‘zbekistonning smart raqamli respublika ekvivalentlariga o‘tish konsepsiyasi” mavzusida taqdimot ham o‘tkazdi.

Muloqot yakunida ilm-fan yutuqlarini bevosita amaliyotga tatbiq etish, ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslar boshqaruvini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha istiqboldagi muhim vazifalar belgilab olindi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech