Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Yanvar oyida Mis boyitish fabrikasida yangi 13- va 14-sonli quyultirgichlar foydalanishga topshirildi.
Aprel oyida Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasining 3-temir yo‘l sexida avtomobil va temiryo‘l transportini yuvish uchastkasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Aprelь oyida Mis eritish zavodi Havo taqsimlash sexi aylanma suv ta'minoti gradirniyasi rekonstruksiya qilindi.
Aprel oyida Mis eritish zavodida yarim ishlab chiqarish gidrometallurgiya uchastkasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
May oyida Mis eritish zavodining bosh korpusi metallkonstruksiyasi rekonstruksiya qilindi.
May oyida Mis boyitish fabrikasining mis-molibden konsentratini saralash va quritish sexi Molibden saralash bo‘linmasida flotasiya texnologik liniyalarining rekonstruksiya ishlari tugallandi.
Avgust oyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish investisiya loyihasi doirasida “Yoshlik-1” koni va uning kon-texnika majmuasini hamda “Qalmoqir” konini tashqi elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida 110/35/6 kV kuchlanishli TP-8 raqamli transformator podstansiyasi foydalanishga topshirildi.
Avgust oyida Ingichka boyitish fabrikasining II navbati ishga tushirildi.
Avgust oyida Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasining 2-sonli temir yo‘l sexi “Svinsovaya” stansiyasi hududida yangi temiryo‘l bazasi foydalanishga topshirildi.